Prigojinga qarshi jinoiy ish to‘xtatiladi – Peskov 

Olam

image

Rossiyada qo‘zg‘olonda qatnashgan “Vagner” yollanma askarlarining oldingi xizmatlarini hisobga olingan holda ta’qib qilinmaydi. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Qolgan jangchilarga [qo‘zg‘olonda qatnashganlarga] kelsak, ularning frontdagi xizmatlarini hisobga olib, hech kim ularni ta’qib qilmaydi”, degan Peskov.

Shuningdek, Kreml matbuot kotibi “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojinga qarshi jinoiy ish to‘xtatilishini, u Belarusga jo‘nab ketishini bildirgan. 

"Prigojinning Belarusga ketishining kafolati Rossiya Federatsiyasi Prezidentining so‘zidir", deya qo‘shimcha qilgan Putinning matbuot kotibi.

Biroq Peskov Prigojinning kelajakdagi kasbi va lavozimi nima bo‘lishi haqidagi savolga javob bera olmasligini aytgan.
Ma’lumot uchun, Prigojin va "Vagner" jangchilari to‘liq tarkibda Rostov-Dondagi Janubiy harbiy okrugi shtab-kvartirasi hududini tark etgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 24 iyun kuni “Vagner” jangchilari Rostovdagi Janubiy harbiy okrug shtab-kvartirasini egallab olgandi. Prigojin Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov “Vagner”ga topshirilishini so‘ragan va Moskvagacha borishini bildirdi. Bu orada Moskvada ham xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati esa Prigojinga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Kechga borib Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Rossiya Federatsiyasi Prezidenti bilan kelishilgan holda “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin bilan muzokara olib borgani ma’lum bo‘ldi. Muzokaralar yakunida Rossiya hududida qurolli kuchlar harakatini to‘xtatish va keskinlikni yumshatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Prigojin ham Moskvaga ketayotgan qo‘shinlari ortga qaytarilganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Prigojin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing