Prigojin o‘tirgan samolyot halokati bo‘yicha tekshiruv boshlandi
Olam
−
23 avgust 2023
13216Avvalroq, Rossiyaning Tver viloyatida Embraer biznes jeti bugun, 23 avgust kuni halokatga uchragani va bortdagi barcha — uch nafar ekipaj va yetti nafar yo‘lovchi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Rossiya ommaviy axborot vositalarining jar solishicha, ro‘yxatda “Vagner” xususiy harbiy guruhi rahbari Yevgeniy Prigojinning nomi ham bor.
Nima bo‘ldi?
Embraer samolyoti Tver viloyatida Kujenkino qishlog‘i yaqinida qulagan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, bortda uch uchuvchi va yetti nafar yo‘lovchi bo‘lgan, ularning barchasi halok bo‘lgan.
Samolyot qayerga ketayotgandi?
Samolyot Sheremetevo aeroportidan Sankt-Peterburgga uchayotgan edi. Federal havo transporti agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘lovchilar ro‘yxatiga ko‘ra, ular orasida Yevgeniy Prigojin ham bor.
Rasmiylarning munosabati
Rosaviatsiya aviahalokat yuzasidan tekshiruv boshladi. Voqea joyida huquq-tartibot idoralari va Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari ish olib bormoqda. Tergov Tver viloyati gubernatori Igor Rudenya tomonidan shaxsiy nazoratga olingan.
LiveBarchasi