Prezidentlikka sobiq nomzod institutga prorektor bo‘ldi
Jamiyat
−
25 iyul 2023
10884Narzullo Oblomurodov Toshkent moliya institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor lavozimiga tayinlandi. Bu haqda institut saytida ma’lum qilindi.
“Toshkent moliya instituti kuzatuv kengashi qarori bilan iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Oblomurodov Narzullo Naimovich Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor lavozimiga tayinlandi”, deyiladi rasmiy xabarda.
Ma’lumot uchun, Narzullo Oblomurodov 2021 yilning 1 fevralida Ekologiya partiyasining raisi etib saylangan. U 2021 yil 24 oktyabr kuni o‘tkazilgan Prezident saylovida Ekopartiyadan nomzod sifatida ko‘rsatilgan. Uni jami saylovchilarning 4,1 foizi qo‘llab-quvvatlagan. 2021 yilning dekabrida esa Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga ma’qullangan.
LiveBarchasi