Afg‘onistondagi vaziyat rejalashtirilganidek keskinlashdi — Prezidentlikka nomzod Qodirov

Jamiyat

image

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Siyosiy kengashi raisi Alisher Qodirov Afg‘onistonda yuzaga kelgan keskin vaziyat bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi.

Alisher Qodirov Afg‘onistondagi vaziyat rejalashtirilganidek keskinlashganini ta’kidlamoqda.

“Qochqinlar va boshpana so‘raganlar bo‘yicha Halqaro huquq talablari doirasida, insonparvarlik tamoyillariga mos harakat qilinishi lozim.

Afg‘oniston xalqi, jumladan shimoldagi millatdoshlarimizga Afg‘oniston yangi boshqaruvining munosabatiga jahon xamjamiyati bilan bir to‘lqinda baho berib borilishi zarur. Barqaror va hamkor Afg‘oniston mintaqa taqdirida ijobiy burilish nuqtasi bo‘lishi tarafdorimiz”, deydi Qodirov.

U Afg‘onistonning yangi boshqaruviga afg‘onistonliklarning munosabati qanday bo‘lishini esa vaqt ko‘rsatishini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Milliy tiklanish” DP joriy yil 24 oktyabrda o‘tkaziladigan Prezident saylovida Alisher Qodirov nomizodini ko‘rsatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Qodirov

Baholaganlar

715

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing