Prezidentlikka Alisher qodir emas

Jamiyat

image

Milliy tiklanish demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov bugun, 31 may kuni partiya qurultoyi prezidentlikka nomzod sifatida partiya a’zolaridan birini emas, Liberal-demokratik partiyadan vakil, amaldagi Prezident Shavkat Mirziyoyev nomzodini ma’qullaganini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozgan.

Ma’lumki, ko‘pchilik faollar tomonidan aynan Alisher Qodirov nomzodi prezidentlik saylovida Shavkat Mirziyoyevga asosiy raqobatchi sifatida ko‘rilgan. Qodirov 2021 yilgi saylovlarda ham faol qatnashgan. Xususan, uning saylovoldi kampaniyasi ham esda qolarli tarzda amalga oshirilgandi. “Prezidentlikka Alisher Qodir” deb yozilgan bannerlar katta muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Yakunda esa u 5,5 foiz ovoz bilan uchinchi bo‘lgan

6,6 foiz ovoz bilan avvalgi saylovlarda Mirziyoyevdan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallagan Xalq demokratik partiyasi nomzodi Maqsuda Vorisova esa bu safar o‘z nomzodini qo‘ymagan. Uning o‘rniga Ulug‘bek Inoyatov XDP nomzodi sifatida ma’qullangan.

Shunday qilib, bu galgi prezidentlik saylovida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan hech bir nomzod qatnashmaydi. Bu esa mazkur partiya hukmron Liberal-demokratik partiya bilan koalitsiya tuzganini anglatadi.

Alisher Qodirov partiyaning saylovda Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llashini “bu qaror davlat, xalq va partiyaning manfaatlari nuqtai nazaridan eng to‘g‘risi” ekani bilan izohlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Qodirov prezidentlik saylovi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing