Rasman: Shavkat Mirziyoyev saylovda g‘alaba qozondi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kecha, 24 oktyabr kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Prezidenti saylovida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Bu haqda MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev ma’lum qildi.

Qolgan nomzodlar to‘plagan ovozlar:

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov – 3,4 foiz;

Ekologik partiyasidan prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov – 4,1 foiz;

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan prezidentlikka ko‘rsatilgan Alisher Qodirov – 5,5 foiz;

Xalq demokratik partiyasidan Maqsuda Vorisova – 6,6 foiz;

MSK raisining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi xalqaro mezonlar va standartlarga mos milliy saylov qonunchiligimizga, unda belgilangan ochiqlik, oshkoralik, erkinlik va adolat kabi umume’tirof etilgan demokratik prinsiplarga to‘la mos holda, ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Shuningdek,Saylov kampaniyasiga start berilgan kundan buyon xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalarida jami 76 mingdan ortiq materiallar e’lon qilindi. 

Eslatib o‘tamiz, MSK tomonidan saylov natijalari e’lon qilinishidan avval Shavkat Mirziyoyev nomiga tabriklar kela boshladi. Xususan, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko va Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Mirziyoyevni ishonchli g‘alaba bilan tabriklab ulgurdi.


Maqola muallifi

Teglar

saylov

Baholaganlar

932

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing