Prezidentlar Islom Karimovni xotirladilar
Jamiyat
−
29 noyabr 2019 8907 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bugun, 29 noyabr kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.

Prezidentlar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2016 yilning 2 sentyabr kuni og‘ir xastalik sabab 78 yoshida vafot etgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan Islom Karimov faoliyat yuritgan “Oqsaroy” qarorgohi Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga aylantirildi va Islom Karimov siymosi aks etgan haykal o‘rnatildi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr