Qodirov marhum Islom Karimovga sovuqqon, qattiqqo‘l va dono rahbar deb ta’rif berdi
Jamiyat
−
02 Sentabr 2022
15325Bugun, 2 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafotiga 6 yilda to‘ldi. Ayni kunda ko‘pchilik Karimov va u yuritgan siyotsatni xotirlamoqda. Kimdir minnatdorlik bilan eslasa, kimdir Karimov rejimini bugungi Hukumatnikiga qiyoslamoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov ham Birinchi Prezidenti Islom Karimovni xotirlab, uning sovuqqon, qattiqqo‘l va dono rahbarligi uchun minnatdorlik bildirdi.
“Bugun O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafot etgan kun. Oxiratlari obod bo‘lsin. Mustaqillikning birinchi, murakkab va tahlikali davrida sovuqqon, qattiqqo‘l va dono rahbarlik uchun minnatdormiz”, deydi Qodirov.
U so‘zida davom etarkan, mamlakatning bugungi siyosiy elitasi o‘zidan oldingi rahbarni qoralash illatidan qutilganini olqishladi.
“O‘zidan oldingi rahbarni qora qilish illatidan qutilganimiz davlatchiligimiz uchun juda katta muvaffaqiyat. Bu muvaffaqiyatni qadriyatga aylantirish lozim. O‘tgan kunlardan to‘g‘ri xulosa qilib, kelajak uchun rahbari atrofida mustahkam birlashaoladigan o‘zbek xalqini Yaratgan o‘z panohida asrasin”, deb yozgan 2021 yilda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida nomzod bo‘lgan Qodirov.
LiveBarchasi