Turdimov va samarqandlik hokimlar Islom Karimov qabrini ziyorat qildi
Jamiyat
−
02 Sentabr 2022
115512 sentyabr – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafot etgan kun munosabati bilan mamlakat bo‘ylab xotira tadbirlari davom etmoqda.
Bugun Islom Karimov xotirasini yod etish maqsadida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligida shahar hokimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari Hazrati Xizr majmuasida bo‘lib, Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilindi.
Birinchi Prezidentning davlat mustaqillikka erishishi va taraqqiyoti yo‘lidagi xizmatlari, Samarqandda amalga oshirgan bunyodkorlik ishlari yodga olindi.
Shundan so‘ng Registon maydoni yaqinida o‘rnatilgan Islom Karimov haykali poyiga viloyat va Samarqand shahar hokimligi, davlat idoralari, muassasalar va jamoat tashkilotlari tomonidan gullar qo‘yildi.
LiveBarchasi