“Qattiq ogohlantirdim”. Vazir Turdimov rektorlarni işdan olmaganini aytdi
Jamiyat
−
17:35 3253 4 daqiqa
Avvalroq, Ta’lim va fan vaziri Erkinjon Turdimov Özbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridagi 5 nafar rektorni işdan olgani haqida xabar berilgan edi. Biroq u uşbu xabarni rad etib, törtta rektorni qattiq ogohlantirganini ma’lum qildi. Bu haqda u jurnalist Karimberdi Töramurodga bergan intervyusida söz oçdi.
“Intervyu bermayman, ijtimoiy tarmoqlarda kamroq körinay, avval işlaylik, natija körsataylik”, deydi u intervyu avvalida.
Erkinjon Turdimov Prezidentning “Özimning eng işongan kadrimni ta’lim sohasiga rahbar qilib qöydim”, degan gapiga ham munosabat bildirgan.
“Prezidentning bu sözlari menga bildirilgan katta işonç va böynimga katta mas’uliyat ham yuklaydi. Men ana şu işonçni yöqotib qöymasligim kerak. Mening xato qilişga haqqim yöq. Töğri aytdingiz, men ta’limning odami emasman, istalgan viloyatga hokim qilib qöysalar, uç kunda eplab ham olaman, jilovni ham qölimga olaman. Ta’lim sohasini bilmayman. Endi örganyapman. Men dars bera olmasman, ammo rahbarlikni bilaman. Men siz aytgan kamçiliklarni ham yaxşi bilaman. Kuraş oson bölmaydi, albatta. Men ta’lim tizimida olamşumul inqilobiy özgarişlar qila olmasman, ammo tizimda tartibni örnataman”, deydi u.
Şuningdek, vazir joriy yilning 6 noyabr kuni ötkazilgan yiğilişda 5 nafar rektorni işdan olmaganini, biroq 4 nafarini qattiq ogohlantirganini bildirgan.
“Men hali beşta rektor emas, bittasini ham işdan olmadim. Yiğilişda beşta emas, törtta rektorni qattiq ogohlantirdim. Vazirlikda maxsus işçi guruh tuzildi. Bu masala bilan ana şu katta va nufuzli guruh şuğullanadi. Qaysi rektor qoliş-qolmasligi işçi guruhning haqqoniy xulosasi asosida böladi. Tasavvur qiling, maqtalgan institutning (qaysiligi oçiqlanmagan – tahr.) saralangan 10 nafar talabasidan ularning bilim darajasini aniqlovçi standart test oldik. Işonasizmi, saralangan, rektorning özi eng a’loçi talabalarim, deb olib kelgan 10 talabaning birortasi aqalli “uç” baho ololmadi. Mana, sizga ta’limning sifati!” deydi vazir.
Şuningdek, Erkinjon Turdimov uni yoşlar tarbiyasida or, nomus, ğurur, degan narsalar yetişmayotgani taşvişga solayotganini bildirgan.
“Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, “Tarbiya bizlar uçun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”. Men ham işni aynan tarbiyadan boşladim. Yaşirmayman, bu işni tarbiya borasidagi eng muhim kitoblarni öqişdan boşladim. Maktablarda tarbiya darsligi Xitoy va Yaponiyada bor ekan. Hozir şu kitoblarni öqiyapman. Ulardan köp narsani örganişimiz va özimizda joriy etişimiz lozim. Siz juda vatanparvar va otaşin odamsiz, sizga bir narsani aytaman. Meni xalqimiz, ayniqsa, yoşlarimiz tarbiyasida yetişmayotgan or, nomus, ğurur, degan narsalar taşvişga soladi. Yoşlarimizda ğurur tuşunçasini juda ham balandga kötarişimiz kerak. Ular özlarining özbek ekanligidan ğururlansinlar! Özlarining musulmon ekanliklaridan, inson ekanliklaridan ğururlansinlar!” deydi Ta’lim va ilm-fan vaziri.
U yoşlar davlatning muqaddas ramzlari bölgan bayroq, gerb va madhi bilan ğururlanişi kerakligini aytib, bu masalada Turkiyani misol qilib keltirgan.
“Yoşlar davlatimizning muqaddas ramzlari bölgan bayroğimiz bilan, gerbimiz bilan, madhiyamiz bilan ğururlansinlar! Men ana şuni istayman! Davlatimiz rahbari bilan Turkiyaga bordik. Turkiya madhiyasi yangradi. Işonasizmi, madhiyaga qöşilmagan, bor ovozda jör bölmagan bitta ham odam qolmadi. Badanim jimirlab ketdi! Yaşirib nima qildik, bizda madhiya ijro qilinganida 10 foiz ham odam qöşilib ayta olmaydi! Töğri, oğizni qimirlatib turişadi, ammo na matni bilişadi, na qöşilib kuylaşadi. Istanbulga birinçi marta borgan odam uni bayroqlar şahri, deb öylaydi. Har bir köça, har bir uyda Turkiya bayroqlari. Maydonlarda, dengiz qirğoqlarida ulkan bayroqlar hilpirab turadi.
Keçqurun şahar köçalarida şunçaki sayr qilib yurgan keksa kişilarning ham qöllarida bayroqlarni körasiz! Ularni birov majburlamagan! Ular bayroqqa, vatanga muhabbatlari tufayligina öz davlati bayroğini kötarib yurişibdi. Men Özbekistonda ham xalqimiz öz bayroğiga, madhiyasiga, gerbiga ana şunday muhabbatli bölişlarini istayman! Töğri, madhiya musiqasi Sovet Özbekistoni madhiyasinki, gerb ham şunday, bayroq ham şunga yaqin, degan sözlar ijtimoiy tarmoqlarda köp aylanadi. Ammo bugun bori şu ekan, bori bilan ğururlanişimiz kerak. Farzandlarimizning xulqi, odobi tufayli birini bağrimizga bosib, boşqasining kökragidan itarmaymiz-ku? Boriça, xislati-yu, qusuri bilan yaxşi köramiz. Davlatimiz ramzlariga ham xuddi şunday munosabatda bölişimiz şart!” deydi Erkinjon Turdimov.
Eslatib ötamiz, avvalroq Erkinjon Turdimov Özbekistonda ta’lim tizimini rivojlantiriş uçun Amerikani oçiş kerak emasligini, faqat tartibni, talabni joyiga qöyib, şuning hisobidan samarali natijaga erişmoqçiligini aytgan edi.
Live
Barchasi