Shavkat Mirziyoyev Islom Karimovni xotirlash marosimida qatnashdi
Jamiyat
−
02 Sentabr 2022
11449O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 2 sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezident haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova ham ishtirok etgan.
“Islom Karimov bundan o‘ttiz bir yil oldin mamlakatimizning milliy mustaqilligini dunyoga e’lon qilgan edi. Bu davlatchiligimizni va insoniy haq-huquqlarimizni tiklab, barcha yutuq va marralarimizning zamini bo‘ldi. Shu bois, Birinchi Prezidentimizga hurmat o‘z tariximizga hurmat ifodasidir.
Xotira tadbirida Islom Karimovning xalqimiz manfaati yo‘lidagi xizmatlari yodga olindi. Qur’on tilovat qilindi”, deyiladi xabarda.
Shavkat Mirziyoyev ustozlarni qadrlash va hamisha yodga olish kerakligini, bu yosh avlodga o‘rnak bo‘lishini ta’kidlagan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, poytaxt jamoatchiligi vakillari ham Birinchi Prezident haykaliga gullar qo‘ydi.
Shunday tadbirlar Samarqand va Qarshi shaharlarida ham o‘tkazildi.
LiveBarchasi