Prezidenti o‘ldirilgan Gaiti BMT va AQSHdan yordam so‘radi 

Olam

image
Gaiti Prezidentini o‘ldirgan amerikaliklar maqsadlari nima bo‘lganini aytdi north_east

Gaiti Prezidentini o‘ldirgan amerikaliklar maqsadlari nima bo‘lganini aytdi

Gaiti hukumati Respublika Prezidenti Jovenel Moiz o‘ldirilgandan so‘ng Birlashgan Millatlar Tashkilotidan (BMT) mamlakatga qo‘shin yuborishni so‘radi. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.  

Xabarga ko‘ra, Gaiti Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Klod Jozef BMTning davlatdagi idorasiga xat yuborgan. Agentlikning ta’kidlashicha, bunday so‘rovdan maqsad butun hudud bo‘ylab xavfsizlik va jamoat tartibini tiklashga qaratilgan “milliy politsiya harakatlarini qo‘llab-quvvatlash”. 

BMT Bosh kotibi ofisiga asoslanib xabar berilishicha, tashkilotning Gaitidagi maxsus siyosiy missiyasi ushbu xatni allaqachon olgan va o‘rganmoqda. 

Shuningdek, Gaiti hukumati AQSHdan ham mamlakatning asosiy infratuzilmasini himoya qilish uchun qo‘shin yuborishni so‘ragan. Keyinchalik Respublikaning Ovoz berish va partiyalararo aloqalar vaziri Matias Per Gaitining AQSHga nisbatan ushbu so‘rovi cheklangan miqdordagi harbiylar, taxminan 500 kishini nazarda tutganini ta’kidlagan. 

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Gaiti huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari kolumbiyalik 17 va Amerika fuqaroligidagi gaitilik ikki kishini davlat rahbariga suiqasdda gumon qilib hibsga olgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 iyuliga o‘tar tunda Gaiti Prezidenti Jovenel Moiz mamlakat poytaxti Port-o-Prenseda joylashgan Pelerin qarorgohida o‘ldirib ketildi. Hujum paytida mamlakatning birinchi xonimi Martin Moiz ham yaralandi. 

Mamlakat Bosh vazir vazifasini bajaruvchi Klod Jozefga ko‘ra, hujumni uyushtirganlarning ba’zilari ingliz va ispan tillarida gaplashgan. Jozef mamlakatdagi xavfsizlik holati Gaiti Milliy politsiyasi va Qurolli kuchlari nazorati ostida ekanini aytib, aholini tinchlikka chaqirdi. Hukumat Respublikada 15 kunlik harbiy holatni joriy qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh BMT Gaiti

Baholaganlar

76

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing