Kurs UZS

USD

12 880.00

19.91

EUR

13 507.26

-8.69

RUB

124.01

0.37

Prezident Japarov portretlarini davlat idoralariga osmaslikni so‘radi 

Olam

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov o‘zining portretlarini mansabdorlarning idoralariga osmaslikni so‘radi. Bu haqda siyosatchining Matbuot kotibi Galina Bayterek ma’lum qilgan. 

"Prezident o‘zini fuqarolarimizning hayot sifatini yaxshilash uchun hali hech narsa qilmagan, deb hisoblaydi. Shuning uchun u barcha davlat idoralarini o‘zining portretlarini osib qo‘yishga ruxsat bermaslikka chaqirgan", degan Bayterek. 

Japarovning fikriga ko‘ra, davlat xizmatchilari Qirg‘iziston ASSR Xalq komissarlari sovetining birinchi raisi Yusup Abdraxmanov yoki Respublika Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi Isxak Razzoqovlarning  portretlarini osib qo‘yishi yaxshiroq. 

"Ushbu jamoat arboblari Qirg‘iziston davlatini mustahkamlashga beqiyos hissa qo‘shgan", degan Bayterek. 

Ma’lumot o‘rnida, 28 yanvar kuni Qirg‘izistonning saylangan Prezidenti Sadir Japarovning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘sha kundan u rasman Prezident lavozimida ish boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Sadir Japarov

Baholaganlar

214

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing