Prezident yaponiyalik arxitektor loyihalari bilan tanishdi
Jamiyat
−
19 dekabr 2019
4250O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokio shahrida dunyoga mashhur yaponiyalik arxitektor Tadao Andoning O‘zbekiston davlat san’at muzeyini rivojlantirish konepsiyasiga doir takliflari bilan tanishdi.
Ma’lumki, poytaxt Toshkentdagi muzeyni kompleks rekonstruksiya va modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.
Ushbu loyiha doirasida O‘zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik qilmoqda. Yaponiyalik arxitektor Tadao Ando shular jumlasidan.
Uchrashuvda me’mor tomonidan Venadagi "Albertina" muzeyi direktori Klaus Shryoder va "Alternativ Velt" kompaniyasi prezidenti Adrian Barsan bilan hamkorlikda tayyorlangan taqdimot namoyish etildi.
Davlatimiz rahbari ushbu loyihani muzey ishining zamonaviy talablari va me’morchilikdagi ilg‘or yechimlarni hisobga olgan holda tayyorlash yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini berdi.
LiveBarchasi