Prezident yangi stipendiya ta’sis etishni taklif etdi. U qaysi talabalarga beriladi?
Jamiyat
−
26 iyun 2020
9893Bugun, 26 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev OAV xodimlariga tabrik yo‘llar ekan, o‘z qutlovida jurnalist va blogerlarni xolis va haqqoniy bo‘lishga chaqirdi.
“Biz bugun huquqiy demokratik davlat qurayotgan ekanmiz, jurnalistikaning butun dunyoda e’tirof etilgan, o‘zgarmas talab va mezonlariga amal qilishimiz zarur. Bu mezonlarning eng asosiysi – xolislik va haqqoniylikdir. Binobarin, matbuot maydoniga kirgan inson – u jurnalist bo‘ladimi, bloger bo‘ladimi, bundan qat’i nazar – ana shu qoidalarga amal qilishi shart”, deya ta’kidladi Prezident.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bo‘lg‘usi jurnalistlar chuqur bilim va kasb mahoratini, ona tili bilan birga chet tillarni, faol fuqarolik pozitsiyasini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, notiqlik malakasini puxta egallashlariga alohida e’tibor qaratish zarur.
“Ana shunday yetuk kadrlarni tayyorlashda, eng avvalo, o‘zimizning boy ma’naviy merosimizga tayansak, albatta, natija bo‘ladi. Bu borada jadidlar, xususan, bu yil 145 yillik tavallud sanasi keng nishonlanayotgan ulug‘ alloma va publitsist Mahmudxo‘ja Behbudiyning milliy jurnalistika maktabi, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega.
Siz azizlarning bugungi kasb bayramingiz bahona bir ezgu taklifni ilgari surmoqchiman. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi stipendiyani ta’sis etsak, o‘ylaymanki, bu ham yoshlarimizni milliy g‘oya ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev o‘z tabrigida.
LiveBarchasi