Prezident “Wabtec” kompaniyasi Bosh ijrochi direktorini qabul qildi
Jamiyat
−
18:19 437 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Wabtec” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va Bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi. Bu haqda davlat yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekistonda temir yo‘l infratuzilmasi va tranzit salohiyati rivojlanayotganini hisobga olib, lokomotivlar parkini yangilash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
.jpg)
Shuningdek, AQSH moliya institutlari ishtirokida lokomotivlarni ularning uzoq muddatli servisi bilan birga yetkazib berish masalalari muhokama qilingan. O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, butlovchi qismlar ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalari ham ko‘rib chiqilgan.
.jpg)
Tog‘-kon korxonalarining karer texnikasi uchun servis markazini tashkil etish hamda dizel-generator qurilmalari bo‘yicha hamkorlik qilish masalalariga ham to‘xtalib o‘tilgan.
.jpg)
Ma’lumot uchun, “Wabtec” kompaniyasi lokomotivlar, temir yo‘l texnikasi, raqamli va servis yechimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahonning yetakchi kompaniyalaridan biri. Kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham loyihalarni amalga oshirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida “Franklin Templeton” kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Jenni Jonsonni qabul qilgandi.
Live
Barchasi