Prezident Toshkent viloyati hokimini tayinladi
Jamiyat
−
19 mart 2021 8477 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Davron Hidoyatov Toshkent viloyati hokimi etib tayinlandi.
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasiga asosan hamda xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashining qaroriga muvofiq Davron Abdulpattaxovich Xidoyatov Toshkent viloyati hokimi lavozimigatayinlansin”, deyiladi Prezident farmonida.
Avvalroq, Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi deputatlari Davron Hidoyatov nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tasdiqlagani haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi