Davron Hidoyatov “O‘zavtosanoat”ga o‘tishi aytilmoqda
Jamiyat
−
14 mart
14075Avvalroq, Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov boshqa vazifada ish boshlashi, shu sababdan hokim lavozimidan ketishi xabar qilingan. U “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlanishi kutilmoqda. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Hidoyatov o‘z xohishi bilan ishdan ketish bo‘yicha ariza yozgan.
Ma’lumot uchun, Davron Hidoyatov 1976 yilda Toshkentda tug‘ilgan. 1998 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2001 yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
2009 yildan 2012 yilgacha GM Uzbekistan kompaniyasining moliya bo‘yicha ijrochi direktori, 2012 yildan 2014 yilgacha MAN Auto-Uzbekistan bosh direktori lavozimida ishlagan. 2014−2017 yillarda O‘zbekiston Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni kuchaytirish davlat qo‘mitasi raisi bo‘lgan.
2017-2018 yillarda Chilonzor tumani hokimi, 2018-2021 yillarda Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari, 2021 yilning yanvaridan noyabrigacha Toshkent viloyati hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
2021 yilning noyabr oyida viloyat hokimligidan olinib, Chirchiq shahri hokimi lavozimiga tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning mart oyida “O‘zavtosanoat”ning avvalgi rahbari Shavkat Umurzoqov Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. Uning o‘rnini esa O‘zbekistonning Indoneziya va Vetnamdagi elchisi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimlarida ishlagan Ulug‘bek Rozuqulov egalladi.