Chirchiq hokimi yangi ishga o‘tadi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatidagi Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov boshqa vazifada ish boshlashi kutilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Bildirilishicha, viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Chirchiq shahri hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Davron Hidoyatov boshqa ishga o‘tayotgani munosabati bilan uning kelgusi faoliyatiga omad tilagan.

Davron Hidoyatovga viloyat hokimligining faxriy yorlig‘i ham topshirilgan. Hokimlik matbuot xizmati Hidoyatovning qaysi ishga o‘tayotganiga aniqlik kiritmagan.

Ma’lumot uchun, Davron Hidoyatov 1976 yilda Toshkentda tug‘ilgan. 1998 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2001 yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. 2017-2018 yillarda Chilonzor tumani hokimi, 2018-2021 yillarda Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari, 2021 yilning yanvaridan noyabrigacha Toshkent viloyati hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

2021 yilning noyabr oyida viloyat hokimligidan olinib, Chirchiq shahri hokimi lavozimiga tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 mart kuni Hidoyatov o‘z xohishi bilan ishdan ketish bo‘yicha ariza yozgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Zoyir Mirzaev Chirchiq Davron Hidoyatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing