Prezident tadbirkorlar uchun faxriy unvon ta’sis etishni taklif qildi

Jamiyat

image

“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni ta’sis etiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 22 avgust kuni tadbirkorlar bilan muloqoti chog‘ida shunday taklif berdi.

“Bizda quruvchi, madaniyat, ta’lim kabi soha vakillari uchun faxriy unvonlar mavjud. 

Lekin, Yangi O‘zbekiston poydevorini yaratishga eng katta hissa qo‘shib kelayotgan zahmatkash tadbirkorlarning e’tibordan chetda qolgani adolatdan emas”, degan Prezident.

Shu bois, ko‘p ish o‘rinlari yaratgan, biznesning yangi yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘ygan, o‘z sohasida innovatsiya va islohotlar qilgan va el-yurt orasida obro‘ topgan biznes vakillarini munosib e’tirof etish uchun “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta’sis etishni taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

37

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing