Prezident ta’tilga chiqdi
Jamiyat
−
26 iyul 2024
10947O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024 yil 26 iyuldan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Mirziyoyev birinchi mehnat ta’tiliga 2019 yil 5 avgustda chiqqan. 2021 yilda Prezidentning ta’tili 7 kun – 4 yanvardan 10 yanvargacha davom etgan. 2022 yilda esa Mirziyoyevning qisqa muddatli mehnat ta’tili 5 yanvardan 7 yanvargacha bo‘lgandi. Prezident o‘tgan yili 4 dekabrdan qisqa muddatli ta’tilga chiqqandi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev oxirgi marta 22 apreldan 29 aprelgacha qisqa muddatli mehnat ta’tilida bo‘lgandi.