Prezident Sodiq Safoyevni ham mukofotladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 29 avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik. 

Ushbu farmonga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Solixovich Safoyev “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi. 

Sodiq Safoyev nafaqat mamlakatda, balki xorijda ham tanilgan kuchli siyosatchilardan biri. Shavkat Mirziyoyev Prezident o‘laroq faoliyat boshlagandan keyin Senat raisining birinchi o‘rinbosari lavozimini joriy etdi va bu lavozimga Sodiq Safoyevni tayinladi. 

Siyosatchi 1954 yilning 3 fevralida Toshkent shahrida tavallud topgan. 

Ma’lumoti – oliy, 1976 yilda Toshkent davlat universitetini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 

•    1976-1987 Toshkent davlat universitetida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi;
•    1987-1990 O‘zbekiston KP MQ metodisti, sektor mudiri. 
•    1990-1991 O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ishlab chiqarish kuchlarini o‘rganish institutida katta ilmiy xodim;
•    1991-1992 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining xalqaro iqtisodiy aloqalar bo‘limida yetakchi konsultant, bo‘lim mudiri;
•    1992-1993 O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining birinchi o‘rinbosari;
•    1993 yilda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri.
•    1993-1996 O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi, o‘rindoshlik asosida - O‘zbekiston Respublikasining Niderlandiya va Avstriyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi;
•    1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlatlararo munosabatlar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi;
•    1996-2001 O‘zbekiston Respublikasining Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Favqulodda va Muxtor Elchisi, o‘rindoshlik asosida O‘zbekiston Respublikasining Kanadadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi;
•    2001-2003 O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari;
•    2003-2005 O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri; 
•    2005 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori;
•    2005 yildan 2016 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi lavozimlarida ishlagan.

2016 yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 

Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik martabasiga ega.

2004 yyilda “Mehnat shuhrati” ordeni, 2011 yilda “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan. 


Maqola muallifi

Teglar

Sodiq Safoev

Baholaganlar

60

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing