Yelizaveta II ning dafn marosimida O‘zbekiston nomidan kim qatnashdi?
Jamiyat
−
19 Sentabr 2022
15573Buyuk Britaniyaning marhum Qirolichasi Yelizaveta II ning dafn marosimida O‘zbekiston nomidan Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ishtirok etdi. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
“Kecha men Londonga Qirolicha Hazratlariga hurmat bajo keltirish uchun keldim. Men va elchi Said Rustamov vidolashish marosimida ishtirok etdik. Bu kunlarda biz butun dunyo odamlarining umumiy qayg‘u va mehrini ko‘ryapiz”, deb yozgan Safoyev Twitter sahifasida.
Avvalroq Buyuk Britaniyada Qirolicha Yelizaveta II ning dafn marosimi boshlangani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, Qirolicha Yelizaveta II 8 sentyabr kuni 96 yoshida Shotlandiyadagi Balmoral qasrida vafot etdi.
Qirolichaning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar o‘tgan yili ma’lum bo‘ldi. Keyin qirollik shifokorlari qirolicha Yelizaveta II ning ba’zi "harakatchanligi bilan bog‘liq qiyinchiliklar" haqida gapirishdi. Uning o‘zi xalq oldiga hassa bilan chiqdi.
LiveBarchasi