Prezident shifoxonada davolanayotgan bolakayga Iphone sovg‘a qildi (video)

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 17 iyun kuni Toshkentda yangidan barpo etilgan Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalardan biriga Iphone smartfonini sovg‘a qildi. Bu haqda “Menimcha” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, markazda “Mehrli pochta” bo‘lib, unda shifoxonada davolanayotgan bolalarning, do‘stlari, yaqinlari va hatto Prezidentga yo‘llagan maktublari yig‘ilgan. Davlat rahbari maktublarni albatta o‘qib chiqib, javob yozishni va’da qilgan.

Bolalardan biri tinchlik uchun rahmat aytgan bo‘lsa, yana biri til o‘rganish uchun kompyuter texnikasiga ehtiyoji borligini yozgan. Davlat rahbari bu maktublarni o‘qib chiqib, albatta javob yozishini aytdi.

Shuningdek, Prezident shifoxonada davolanayotgan bolalardan biriga zamonaviy telefon sovg‘a qildi. U yangi telefonida ko‘p o‘tmy sog‘ayib ketgani va kasallikni butunlay yengani haqidagi xushxabarni ko‘pchilikka yetkazmoqchi.

“Endi sog‘ayib ketaman”, deydi esdalik sovg‘ani olgan bolakay.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident

Baholaganlar

339

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing