Prezident saylovi okruglari tuzildi

Jamiyat

image

Kecha, 9 avgust kuni O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi yig‘ilishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida O‘zbekiston Prezidenti saylovini o‘tkazish uchun 14 ta saylov okruglari tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Qayd etilishicha, har bir saylov okrugidagi saylovchilar soni yig‘ilish o‘tkazilgan sanagacha saylov jarayonlarini boshqarish axborot tizimining ma’lumotlari asosida aniqlangan.

Saylov okruglari ro‘yxati, ularning chegaralari, saylovchilar soni va okrug saylov komissiyalarining joylashuvi ko‘rsatilgan holda MSK tomonidan e’lon qilinadi.

Yig‘ilishda, shuningdek, OAV vakillarini akkreditatsiya qilish masalasi ham muhokama qilindi. Bugungacha MSKga akkreditatsiyadan o‘tkazishni so‘rab bir qator ommaviy axborot vositalaridan murojaatlar kelib tushgan. Yig‘ilishda 500 dan ortiq OAV vakillariga akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha tegishli guvohnomalarni berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti saylovi kampaniyasiga 23 iyul kuni start berildi. Saylovlarda 5 ta partiya – “Adolat” SDP, “Milliy tiklanish” DP, O‘zLiDeP, XDP va O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘z nomzodini ilgari surish huquqiga ega va ular o‘z nomzodlarini ko‘rsatishdi. Saylov 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident saylovi

Baholaganlar

38

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing