Prezident saylov bahonasida mahalladoshlari bilan suhbatlashdi (fotoreportaj)

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 22 dekabr kuni oila a’zolari bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, viloyatlar, shahar va tuman kengashlariga saylovlarda ovoz bergani haqida xabar bergan edik. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oila a’zolari bilan birgalikda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 162-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berishda ishtirok etdi.

Davlat rahbari 162-saylov uchastkasiga kelgan odamlar bilan suhbatlashdi, birgalikda suratlarga tushdi. Birinchi marta ovoz bergan yoshlar, ota-onasi bilan kelgan bolalarning o‘qishlariga rivoj tiladi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijiy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan ham muloqot qildi. Ular saylovlar ochiq, yuksak saviyada o‘tayotganini, aholining ijtimoiy-siyosiy faolligi oshganini ta’kidlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

742

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing