Prezident Sardoba tumani aholisi bilan uchrashdi (fotoreportaj)

Jamiyat

image

Bugun, 1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori dambasidan suv chiqqan. Hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan tezkor chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, suv ombori yaqinidagi qishloqlar aholisi evakuatsiya qilinmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev vertolyotda zudlik bilan Sirdaryo viloyati Sardoba tumaniga yetib keldi.

Vaziyat to‘liq nazoratga olingan, sarosimaga tushishga asos yo‘q.

Ma’lumot uchun, bugun, 1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan  “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan. Natijada Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan. Sardoba tumani “Qo‘rg‘ontepa” MFY suv omborining atrofidagi qator aholi yashash punktlari  Mirzaobod tumaniga evakuatsiya qilindi. Xususan, "Qo‘rg‘ontepa", "Do‘stlik", "Yurtdosh" MFYlardan jami 11598 nafar aholi shular jumlasidandir.

Jabrlangan va halok bo‘lganlar bo‘yicha ma’lumot kelib tushmagan.

Avvalroq, O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va qator rahbarlar ham evakuatsiya ishlarini muvofiqlashtirish uchun voqea joyiga yetib borgani xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

214

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing