Koronavirus: Pekinda vaziyat jiddiylashmoqda
Olam
−
14 iyun 2020
14467Koronavirus infeksiyasining yana sakkizta holati Xitoy poytaxtida qayd etildi. Bu haqda bugun, 14 iyun kuni Pekin Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktikasi markazi rahbarining o‘rinbosari Pan Sinxo ma’lum qildi.
"14 iyun kuni koronavirus infeksiyasining yana sakkiz holati aniqlandi. Ularning barchasi "Sinfadi bozori bilan bog‘liq", deyiladi rasmiy xabarda.
Pekinda so‘nggi 24 soat ichida kasallanganlarning umumiy soni 44 kishiga yetdi. Xitoy poytaxtidagi tibbiyot muassasalarida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan 52 bemor davolanmoqda.
Avvalroq, Pekinning Fentay tumanidagi ulgurji bozorda COVID-19 aniqlanganidan so‘ng, u yerda harbiy holat rejimi joriy etilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi