Toshkentdagi portlash bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi – Bosh prokuratura

Jamiyat

image
Xohlasam - o‘ldiraman! – Poytaxt IIBB ayolning bolasini urayotgani aks etgan videoga munosabat bildirdi north_east

Xohlasam - o‘ldiraman! – Poytaxt IIBB ayolning bolasini urayotgani aks etgan videoga munosabat bildirdi

Avvalroq. Toshkentdagi avtoservisda yuz bergan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 3 nafarga yetgani haqida xabar bergan edik. Mazkur hodisa yuzasidan O‘zbekiston Bosh prokuraturasi rasmiy ma’lumot berdi. 

Unga ko‘ra, kecha, 14 mart kuni Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Foziltepa ko‘chasida joylashgan avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish majmuasida tabiiy gaz quvuridan sizib chiqayotgan gaz isiga uchqun tegishi natijasida portlash sodir bo‘lgan. 

Mazkur holat yuzasidan 14 mart kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 192-11-moddasi (Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidang o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Bosh prokuratura portlash

Baholaganlar

273

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing