Xohlasam - o‘ldiraman! – Poytaxt IIBB ayolning bolasini urayotgani aks etgan videoga munosabat bildirdi
Jamiyat
−
15 mart 2020
14606Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi tomonidan Uchtepa tumanidagi “Al-Hilal” kafesi yonida olingan video tarqaldi. Videoda yosh ayol 3-4 yoshli qizini urayotgani aks etgan.
Videoga olgan erkakning nima uchun bolani urayotgani haqidagi savoliga ayol quyidagicha javob bergan: “Mening bolam - nima istasam, shuni qalaman. Xohlasam - o‘ldiraman!”
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u qizchani boshqa bolasini uyg‘otib yuborgani uchun urgan.
Erkak kishining aytishicha, u ayoldan bunday qilmaslikni so‘ragan, lekin ayol harakatlarini to‘xtatish haqida o‘ylab ham ko‘rmagan.
Toshkent shahar IIBB mazkur holatga munosabat bildirib, videodagi ayol qidirilayotganini ma’lum qilgan.
“Ayolni izlashyapti. Uning salbiy harakatlari sababi aniqlashtiriladi. Ayol duch kelgan sabablarni aniqlash maqsadida, ishga kattalar va bolalar psixologi hamda ayollar masalasi bo‘yicha inspektor jalb qilinadi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi