Prezident propiskaga oid qonunni imzoladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 may kuni "Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida"gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunga imzo chekdi.

Qonunga ko‘ra, quyidagi asosiy o‘zgarishlar tasdiqlandi:

•    “propiska” tushunchasi bekor bo‘lib, o‘rniga “ro‘yxatga olish” tushunchasi kiritildi;

•    er-xotinning nikohdan keyin bir yil davomida birgalikda yashash sharti va bir yil ichida nikoh bekor qilinganda propiska yo‘qotilishi haqidagi qoidalar chiqarib tashlandi;

•    ish joyidan doimiy ro‘yxatga olinganlar ishdan ketgandan keyin ham propiskasini yo‘qotmaydigan bo‘ldi;

•    Toshkentda joylashgan davlat tashkilotlarida 5 yil muddat mobaynida uzluksiz mehnat faoliyatini yuritayotgan mutaxassislar mazkur hududlarda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinadigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

473

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing