Prezident Namangan IIB boshlig‘ini ishdan oldi. Yana ikki viloyat YHXB boshlig‘i “uchdi”
Jamiyat
−
11 fevral 2022
19959Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, Andijon va Samarqand viloyatlari Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshliqlarini ishdan olinadi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 11 fevral kuni bo‘lib o‘tayotgan “Xavfsiz va ravon yo‘l" tamoyili asosida yo‘llarda inson xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda shunday ko‘rsatma berdi.
Qayd etilishicha, 2021 yilda Chiroqchida 43 ta, Namangan shahrida 42 ta, Yangiyo‘l tumanida 34 ta, Urgutda 28 ta, Andijon tumanida 20 ta avtohalokatda odamlar hayotdan bevaqt ko‘z yumgan.
“Ushbu tuman va shahar hokimlari, ichki ishlar boshliqlari va prokurorlari ishdan olinib, uch oy sinov muddati berildi. Agar ular ushbu muddatda o‘zgarish qilmasa, javobgarlikka tortiladi”, dedi Prezident.
Yig‘ilishda yo‘l-transport hodisasi bilan bog‘liq favquloddagi holatga nisbatan Oliy Majlis, mahalliy kengashlar deputatlarining ovozi eshitilmayotgani, Senat, Qonunchilik palatasi, kengashlar yo‘l harakati xavfsizligini biror marta muhokama qilmagani qayd etildi.
“Nimaga hokimlar, ichki ishlar, “GAI”, transport sohasi rahbarlarining hisoboti eshitilib, mas’uliyati ko‘rib chiqilmagan? Shuning uchun bu muhim masala bilan shaxsan o‘zim shug‘ullanishga majbur bo‘ldim”, dedi davlat rahbari.
Yig‘ilishda Namangan viloyati IIB boshlig‘i, Andijon va Samarqand viloyatlari YHXB boshliqlarini ishdan olishga ko‘rsatma berildi. Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘iga qat’iy ogohlantirish berildi.
LiveBarchasi