Prezident Mirziyoyev “Arqadag‘” bilan suhbatlashdi
O‘zbekiston
−
04 Avgust 2023 6068 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahriga kelgach, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuv davomida O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar jadal rivojlanib borayotgani, mamlakatlarning strategik sherikligi izchil mustahkamlanayotgani qayd etilgan.

Shuningdek, suhbat davomida savdo, sanoat, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport sohalarida va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlik haqida gaplashilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr