Mirziyoyev, Aliyev va “Arqadag‘” qo‘shma bayonot qabul qildi
Jamiyat
−
22 avgust 2025 4348 1 daqiqa
Bugun, 22 avgust kuni Turkmanistondagi “Avaza” milliy turizm zonasida Prezident Shavkat Mirziyoyev, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida mamlakat yetakchilari qo‘shma bayonot qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.
Yetakchilar huzurida transport va logistika, kemasozlik va fuqaro aviatsiyasi sohalarida hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar, tovar-xomashyo birjalari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim va boshqa hujjatlar imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga yetib borgandi. Turkmanboshi shahri aeroportida davlat rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Nokerguli Ataguliyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgandi. Shundan so‘ng, Turkmanistonning “Avaza” milliy turizm zonasining Kongress markazida Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning yuzma-yuz va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025