“Arqadag‘” Mirziyoyevga tuya va bo‘taloq sovg‘a qildi
Jamiyat
−
22 avgust 7466 1 daqiqa
Bugun, 22 avgust kuni Turkmanistondagi amaliy tashrifning madaniy dasturi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev birgalikda “Avaza” kongress markazi yonidagi maxsus maydonga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.
Oliy martabali mehmonlarga “Galkinish” milliy ot sporti jamoasi “Axaltekin” zotli tulporlarining chiqishlari namoyish etildi.
Turkman xalqining milliy yetakchisi O‘zbekiston xalqiga chuqur hurmat-ehtirom ramzi sifatida O‘zbekiston rahbariga to‘kin-sochinlik va farovonlik ramzi bo‘lgan tuya va bo‘taloqni sovg‘a qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gurbanguli Berdimuhamedov Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va turkman xalqi nomidan “Taus” laqabli otni sovg‘a qilgandi.
Live
Barchasi