Prezident migrantlarga doir yana bir qarorni imzoladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qarorda quyidagilar nazarda tutilgan:

Qaror bilan xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi joriy qilinmoqda hamda uning 6 ta asosiy yo‘nalishi belgilanmoqda. Bular: 

•    tashqi mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlik rivojlantiriladi, xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari va o‘zbek diasporalari bilan aloqalarni mustahkamlanadi;

•    xorijga ishlashga ketishdan oldin fuqarolarni kasb-hunarga va xorijiy tillarga o‘qitiladi, ularga kasbiy malakani tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlar beriladi;

•    mehnat migrantlarin moliyaviy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi, ularning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash amaliyoti kengaytiriladi, ular uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi;

•    mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni reintegratsiya qilinadi, shu jumladan ularning bandligi ta’minlanadi, kasbiy malakasi oshiriladi va tadbirkorlik tashabbuslari rag‘batlantiriladi.

Shuningdek, 2021 yil 1 yanvardan boshlab tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijga chiqib ketayotgan shaxslarni, ishga yuborishdan oldin majburiy tartibda kasb-hunarga o‘qitish tizimi joriy qilinmoqda. 

Buni amalga oshirish uchun 13 ta “Ishga marhamat” monomarkazlari, 30 ta kasb-hunarga o‘qitish markazlari,  11 ta Toshkent shahri tumanlaridagi qisqa muddatli kasb-hunarga o‘qitish kurslari hamda 136 ta mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlariga qo‘shimcha ravishda quyidagilar:

•    13 ta kollej va 13 ta texnikumda (jami yillik quvvati 20,2 ming o‘quvchi) mehnat migrantlari uchun qisqa muddatli (3 oygacha) kasb-hunar va chet tillariga o‘qitish kurslari tashkil etiladi;

•    qisqa muddatli kurslarning o‘quv dasturlari xorijiy yirik ish beruvchilarning (Rossiyaning “NIPIGAZ” AJ, “Renaissance Heavy Industries”, B.T.K GRUP, Turkiyaning “ANT YAPI”, “Tayga Grupp”, BAAning “Tadbeer” tashkilotlari) talablariga moslashtiriladi;

•    xorijiy yirik ish beruvchilar va xususiy bandlik agentliklari bilan aloqalar o‘rnatiladi hamda qisqa muddatli kurslarda ular uchun zarur bo‘lgan kasblar bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlanadi;

•    Mehnat vazirligi huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qisqa muddatli kurslarga xorijdagi yirik korxonalarning malakali mutaxassislari va yetakchi ta’lim muassasalarining pedagog kadrlari jalb qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident joriy yilning avgust oyi boshida “Kambag‘al va ishsiz aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Prezident qarori migrantlar tashqi migratsiya

Baholaganlar

237

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made