Prezident 2 yashar bolani o‘limdan qutqargan shifokorni ham mukofotladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi “Lor plyus servis” xususiy klinikasi otolaringolog shifokori Sergey Vladimirovich Tobias ham “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.

Sergey Tobias joriy yilning 19 iyul kuni o‘zi ishlaydigan xususiy klinikaga ota-onasi tomonidan klinik o‘lim holatida (nafas olishi to‘xtab qolgan) olib kelingan bolakayning hayotini saqlab qolgandi.

QALAMPIR.UZ muxbiri bilan suhbatda Sergey Tobias bo‘lgan voqeani quyidagicha so‘zlab bergandi.

“Yugurib kirishdi. Bola hushsiz holda nafas olmayotgandi, tomir urishi ham yo‘q edi. Ko‘karib ketgandi. Ota-onasining aytishicha, tana haroratining oshishi natijasida bolada titroq boshlangan va shundan so‘ng, hushini yo‘qotgan. Voqea nimadan boshlangani, qanday bo‘lganini so‘rashga imkon bo‘lmadi, birinchi yordam ko‘rsatish kerak edi. Men bolaga sun’iy nafas berib, yuragini massaj qilganimdan keyin bola hushiga keldi, sung uni onasiga berdim. Keyinroq tez yordam ham yetib keldi”

Shundan so‘ng, 41 yoshli shifokor O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Sergey Tobias

Baholaganlar

189

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing