Prezident xorijga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan bugun, 28 sentyabr kuni amaliy tashrif bilan Berlin shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. 

“Avval xabar qilinganidek, davlatimiz rahbari Germaniya poytaxtida bir qator rasmiy va ishbilarmonlik uchrashuvlarini o‘tkazadi, Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlari formatidagi tadbirlarda ishtirok etadi”, deyiladi xabarda. 

Germaniyaga Shavkat Mirziyoyevdan tashqari Markaziy Osiyoning bosh davlatlari rahbarlari – Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham bormoqda. 

29 sentyabr kuni kansler Olaf Shols o‘z qarorgohida Markaziy Osiyoning beshta davlati – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston Prezidentlarini qabul qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, 19 sentyabr kuni Nyu-Yorkda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari yetakchilarining “C5+1” formatidagi birinchi sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda AQSH, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston Prezidentlari qatnashgandi. Sammitdan so‘ng “Forbes” nashri AQSH Prezidenti Jo Baydenning yangi geostrategik tashabbusida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev muhim rol o‘ynashini yozgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing