Prezident katta-katta oylik olayotgan mutasaddilardan natija talab qildi (video)

Jamiyat

image

Korrupsiyaga qarshi faqatgina huquq-tartibot idoralari kurashishi kerak emas, balki jamiyat safarbar bo‘lishi kerak. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.

“Tashabbusni qo‘lga olib... Hammamiz kulib o‘tirmasdan, kim korrupsiya qilar ekan, ha prokuror qilar ekan deb... Butun jamiyat bo‘lib bunga qarshi kurashish kerak.

Man Burhonov o‘tiribdi, agentlik tuzdik. Hamma narsa o‘zimizga bog‘liq”, degan Prezident.

Video 

Shavkat Mirziyoyev barcha jabhalarda yetarli oylik maosh, sharoit yaratilganini urg‘ulab, natija bo‘lmayotganini tanqid qilgan.

“Prezident vakillari, viloyat hokimlari... Bugun aytmoqchi emasdim... Hammangizga keraklicha oylik ham, sharoit ham yaratib berilgan. Hammaga. Quyi pog‘onadagilarga ham. 

Sektor rahbarlariga uy ham qurib berdik. Qani natija?”, degan Prezident Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

684

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing