Prezident qirg‘iz milliy madaniy markazi raisiga unvon berdi
Jamiyat
−
10 may 2741 1 daqiqa
Rahmatulla Mamatovich Jabborov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda bugun, 10 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan Farmonda so‘z boradi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu unvon unga davlat organlari va jamoat tashkilotidagi ko‘p yillik samarali mehnati, O‘zbekistonda millatlararo do‘stlik va totuvlikni, turli millat va elat vakillari o‘rtasida mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlash, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib etish, milliy madaniyatlar, urf-odat va an’analarni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgani, yosh avlodni vatanga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi ibratli ishlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki hamda tavalludining 75 yilligi munosabati bilan berilgan.
Qayd etilishicha, Rahmatulla Jabborov hozirda O‘zbekiston qirg‘iz milliy madaniy markazi raisi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Ne’matulla Ibrohimovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni berilgandi.
Live
Barchasi