Prezident ishdan olgan ikkita qo‘mita raisi o‘rinbosarlari yangi lavozimlarga tayinlandi
Jamiyat
−
17 Oktabr 2022
14408Avvalroq Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Sirojiddin Berdiqulov va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Bekzod Ummatov Prezident qarorlari bilan lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.
Lavozimidan olingan Sirojiddin Valiqulovich Berdiqulov Samarqand viloyatining Nurobod tumani hokimi etib tayinlandi.
Shuningdek, Bekzod Hamzayevich Ummatov Andijon viloyatining Asaka tumani hokimi etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari Azizbek Latifjonov ham lavozimidan ozod etilgandi. U Paxtaobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Bundan tashqari, Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimidan ishlagan Akmal Arziyevich Mirzayev Sirdaryo viloyatining Sardoba tumaniga hokim bo‘ldi.
LiveBarchasi