Farg‘ona tumaniga yangi hokim tayinlandi. Avvalgisini Prezident ishdan olgandi
Jamiyat
−
17 Oktabr 2022
8458Bugun, 17 oktyabr kuni Xalq deputatlari Farg‘ona tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Hamidullo Tojiyevich Inomov tuman hokimi etib tasdiqlandi.
Hamidullo Inomov 1982 yilda Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida tug‘ilgan.
U O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Kadrlar ma’muriyatchiligi departamenti davlat organlari va tashkilotlarida kadrlar ishini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh inspektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 27 sentyabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov ishtirokidagi yig‘ilishda Farg‘ona tumanining sobiq hokimi Shuhratjon Mo‘minovning Yer munosabatlarini tartibga solishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etmagani, faoliyatida yo‘l qo‘ygan boshqa jiddiy qonunbuzilish holatlari qattiq tanqid ostiga olingan va u tegishli Prezident qarori bilan vazifasidan ozod qilingan edi.
LiveBarchasi