Prezident Ibn Sinoga bağişlangan filmning suratga oliş maydoniga bordi
Jamiyat
−
21:33 543 2 daqiqa
Bugun, 26 oktyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Abu Ali ibn Sinoning bolaligiga bağişlangan “Husayn” tarixiy-badiiy filmining suratga oliş maydoni bilan tanişdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, bolalar kontentini rivojlantiriş markazi buyurtmasi asosida suratga olinayotgan film uçun “Özbekfilm” kinostudiyasida alloma yaşagan davr muhitini aks ettiruvçi dekoratsiyalar barpo etilgan. Davlat rahbari tarixiy şahar devorlari, köça va bozor manzaralari, davr liboslari hamda suratga olişda foydalaniladigan buyumlarni közdan keçirgan.

Kinoijodkorlar bilan muloqotda Prezident davlat milliy ruhdagi, buyuk ajdodlar hayotiga bağişlangan filmlar yaratilişiga e’tiborni yanada kuçaytirişini ta’kidlagan. U yerda barpo etilgan dekoratsiyalarni yuqori baholab, ular tarixiy muhitni ekranda işonarli gavdalantirişga intilişdan dalolat ekanini qayd etgan. Boy tarix va allomalar merosini kino tili orqali yoş avlodga yetkaziş, ularda öz ötmişiga qiziqiş va iftixor tuyğusini uyğotiş muhimligini ta’kidlagan.

Filmda yoş Husayn ibn Abdullohning tabobatga muhabbati, ustozlariga sadoqati va insonparvarligi tasvirlanadi. Asar orqali bolalarga allomaning ilmga intilişi va şaxsiy fazilatlarini yaqindan tanitiş közda tutilgan.

“Husayn” filmini yaratiş Abu Ali ibn Sino ilmiy merosini çuqur örganiş va keng tarğib qiliş böyiça 2030 yilgaça möljallangan “yöl xaritasi”da belgilangan. Hujjatda alloma tavalludining 1050 yilligiga tayyorgarlik köriş ham nazarda tutilgan.

Prezident film ijodkorlariga muvaffaqiyatlar tilagan.


Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda buyuk tabib va qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiş rejalaştirilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi