Mirziyoyev Dubayga ketdi
Jamiyat
−
30 noyabr 2023 5466 1 daqiqa
Bugun, 30 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Dubay shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev global iqlim sammitining yalpi sessiyasida nutq so‘zlashi, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning davlat va hukumatlari, xalqaro tashkilotlar va yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, Butunjahon iqlim sammitida 140 dan ortiq davlat rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda. Ular orasida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud, Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy, Bahrayn Qiroli Hamad bin Iso Al Xalifa va Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Isroil Prezidenti Isxaak Gersog va Falastin Prezidenti Mahmud Abbos, shuningdek, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak, Germaniya kansleri Olaf Shols, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches, Polsha Prezidenti Anjey Duda va Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich ham bor.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr