Bir kunning o‘zida ikki davlatda kuchli zilzilalar qayd qilindi

Olam

image

Bugun, 22 mart kuni Xorvatiya va Indoneziyada kuchli zilzilalar qayd qilindi. Bu haqda "Anadolu" agentligi xabar bermoqda.

Xorvatiyadagi zilzila kuchi 5,3 magnituda ekanligi ma’lum qilindi. Zilzila epimarkazi poytaxt Zagrebda bo‘lgan. Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 06:23 da qayd etildi. Zilzila natijasida avtoulovlarga va ko‘plab binolarga, shu jumladan, turar-joy va tarixiy binolarga zarar yetdi.

Zagreb munitsipaliteti rahbari Milan Bandichning aytishicha, shahar tarixiy soborining janubiy minorasi jiddiy zarar ko‘rgan. 

Zilzila oqibatida halok bo‘lganlar haqida xabar qilingan. Ularning orasida bolalar borligi aytilmoqda.

Shu kunda Indoneziyaning Markaziy Sulavesi provinsiyasida ham zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila kuchi 5,1 magnituda ekanligi aytilmoqda.

Indoneziya Meteorologiya, klimatologiya va geofizika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epimarkazi Buol tumanidan 90 km shimoli-g‘arbda bo‘lgan. Zilzila 10 km chuqurlikda qayd etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va vayronalar yo‘q. Sunami haqida ogohlantirish olinmadi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Zilzila Xorvatiya Indoneziya

Baholaganlar

314

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing