Prezident chiqindini qayta ishlashdagi qoloqliklarni hal qilish uchun muhlat berdi

Jamiyat

image
O‘zbekistonda ekologiya politsiyasi tashkil etiladi north_east

O‘zbekistonda ekologiya politsiyasi tashkil etiladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan qoloqliklarni yil yakuniga qadar bartaraf etish shartligini ta’kidladi. Bu haqda bugun, 24 avgust kuni ekologik vaziyatga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Namangan shahri, To‘raqo‘rg‘on, Mingbuloq va Namangan tumanlarida xususiy sheriklik tizimi to‘liq o‘zini oqlagan. Jumladan, ushbu hududlarda aholini sanitar tozalash xizmatlari bilan qamrab olish darajasi o‘tgan 6 oyda 79 foizdan 92 foizga yetib, tushumlar 2 baravarga oshgan.

Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, Farg‘onada ham xususiy sheriklar tomonidan 7 milliard so‘mlik investitsiya jalb qilinib, vodiyda ilk bor chiqindilarni saralash zavodi ishga tushirilgan.

Prezident viloyat hokimlariga 1 oktyabrga qadar xususiy sheriklik asosida 30 ta, yil yakuniga qadar yana 24 ta loyihani boshlash, kelgusi yilda sohada xususiy sektor ulushini 60 foizga yetkazish va 6,5 mingta yangi ish o‘rni yaratish topshirildi.

Tibbiyot chiqindilarini qayta ishlashga ham xususiy sheriklarni jalb qilib, xavfli tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishni yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.


Maqola muallifi

Teglar

ekologiya

Baholaganlar

11

Reyting

2.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing