O‘zbekistonda ekologiya politsiyasi tashkil etiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahri va viloyat markazlarida ekologiya politsiyasi tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti raisligida ekologik vaziyatga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan yig‘ilishda aytib o‘tildi.

Uning zimmasiga ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar, jumladan daraxtlarni ruxsatsiz kesish, brakonerlik, noqonuniy chiqindilar tashlash kabi holatlarga qarshi profilaktika vazifalari yuklatiladi.

Ekologiya politsiyasi Ichki ishlar tizimida faoliyat yuritadi.

Avvalroq, O‘zbekistonda daraxtlarni kesishga o‘rnatilgan moratoriy 2024 yilgacha uzaytirilib, javobgarlik keskin oshirilishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

198

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing