Prezident boshchiligidagi selektorda korrupsiyada ayblanib ushlangan mansabdorlar haqida ma’lumot berildi

Jamiyat

image

Prezident boshchiligidagi selektorda korrupsiyada ayblanib qo‘lga olingan mansabdorlar haqida ma’lumot berildi

Joriy yilning 15 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Majlisda oxirgi olti oyda bu yo‘nalishda olib borilayotgan keskin kurash o‘z natijasini berayotgani qayd etildi. Ko‘rilgan choralar natijasida bir qator mansabdor shaxslar qo‘lga olingan bo‘lib, ularga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda hamda tegishli jazo choralari belgilanishi kutilmoqda.

"Kadastr va yer hisobini yuritish sohasidagi qonun hujjatlari eskirgan. Ular murakkab, tushunarsiz yozilgan. Bu esa korrupsiyaga yo‘l ochib bergan. Bugun tizim tamomila o‘zgarishi kerak. Asosiy maqsad yer hisobini aniq yuritish, bu borada adolatni ta’minlashdir", dedi Shavkat Mirziyoyev.

Jumladan, Qibray tumani hokimining investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari J.Mashrabov 2020 yilning 11 iyun kuni Qibray tumanidan 9 gektar bo‘sh yer maydonini 60 ming AQSH dollariga sotishni taklif qilib, 35 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Toshkent shahar hokimligi qoshidagi kapital qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Allamuratov Chilonzor tumanidagi investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i X.Shukuraliyevga 2020 yilning 25 iyun kuni Chilonzor tumanidagi 1 gektar yer maydonini 1 mln 400 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Andijon viloyati, Marhamat tumani hokimi yordamchisi U.Alijonov 2020 yilning sentyabr oyida yaqin aloqalari orqali Marhamat tumani hududidan 11 ga yer maydoni ajratish uchun jami 29 000 AQSH dollari miqdoridagi noqonuniy pulni olayotgan vaqtda jinoyat ustida ushlangan.

Farg‘ona viloyati, Buvayda tumani hokimining birinchi o‘rinbosari M.Dehqanov joriy yilning oktyabr oyida Buvayda tumanida joylashgan “Erkin iqtisodiy hudud”dan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun 50 sotix yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 20 000 AQSH dollari olgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari  A.To‘ymachov, Kadastr bo‘limi boshlig‘i I.Qoraboyev bilan birgalikda 2020 yilning 18 mart kuni Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan 1,5 ga yer maydonini 1500 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hokimining o‘rinbosari Z.Mirzaxo‘jayev 2020 yilning oktyabr oyida Bo‘stonliq tumanida joylashgan 5 sotix yer maydonini 25 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

kadastr

Baholaganlar

158

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing