Kadastr agentligining hududiy bosh inspektori pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
03 iyul 5477 1 daqiqa
Toshkent shahri va Andijon viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida pora olgan kadastr bosh inspektori va yer maydonini noqonuniy sotgan fuqaro ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, DXXga kelib tushgan murojaat asosida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Kadastr agentligining Yashnobod tumani bo‘limi bosh inspektori uchinchi shaxs orqali 2 000 AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan. Aniqlanishicha, u xizmat mavqeidan foydalanib, mahalliy fuqaro tomonidan noqonuniy o‘rnatilgan yengil konstruksiyali qurilmalarni buzib tashlamaslik va unga nisbatan jarima qo‘llamaslik evaziga ushbu pul mablag‘ini talab qilgan.
.jpg)
Boshqa holatda esa Andijon shahrida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro xaridorga Andijon tumanining Xakan sanoat hududida joylashgan, davlat zaxirasidagi 40 sotix yer maydonini go‘yoki “E-auksion” orqali yutib olganini aytib, uni kadastr tizimidagi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 160 000 AQSH dollari talab qilgan. O‘tkazilgan tezkor tadbirda u oldindan 80 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.
Bildirilishicha, hozirda har ikki holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida gaz ta’minoti va kadastr tizimidagi poraho‘r mansabdorlar ushlangan edi.
Live
Barchasi