Prezident bir guruh jurnalistlarni mukofotladi

Jamiyat 9751
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Farmon bilan quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi:

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan

Maksudov Muxammadjon - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Namangan viloyati teleradiokompaniyasi direktori

Matyakubova Nazira Toxtabayevna - Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Qoraqalpog‘iston tongi” gazetasi bosh muharriri

Toshev Farmon Isxakovich - Samarqand viloyati “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan

Xudaykulov Muxtar - O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining media nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori

Sheraliyev Raxmatilla - Toshkent viloyati “Chirchiq tongi” gazetasi bosh muharriri

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan

Abasxanov Rixsiboy Abdilazizovich – “Yog‘du” nashriyoti bosh muharriri

Amirova Shaxnoz Xatamovna (Shahnoza G‘aniyeva) - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali loyiha boshlovchisi

Eshonkulov Nazar Saliyevich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbektelefilm” davlat muassasasi direktori o‘rinbosari – bosh muharriri

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Jo‘rayeva Ranoxon Gafurovna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faxriysi

Ivanova Anna Vitalevna - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi

Karimova Xatichaxon - Farg‘ona viloyati “Oydin” gazetasi bosh muharriri

Malikov Erkin – “Hilol” nashriyoti muharriri

Tursunova Mavjuda Xafizovna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faxriysi

Shodiyev Maxamadjon Maxmudjonovich – “Ovozi tojik” gazetasi bo‘lim muharriri

“Do‘stlik” ordeni bilan

Abdullayeva Tatyana Samugovna – “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining ofset bosma sexi musahhihi

Ayxodjayeva Aziza Sadenovna – “Nurli jol” gazetasining qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyot bo‘limi mudiri

Alimov Chori - Qiziriq tumani “Taraqqiyot” gazetasi bosh muharriri, Surxondaryo viloyati

Jumaniyazova Xalima Taganovna - Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahri “Makonim” gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari

Karimova Shaxzoda G‘opporovna - Baliqchi tumani “G‘alaba” gazetasi bosh muharriri, Andijon viloyati

Li Sergey Alekseyevich – “Narodnoye slovo” gazetasining iqtisodiyot bo‘limi muharriri

Magdiyev Baxodir Kabul-Kariyevich – “Oriat” teleradiokompaniyasi» mas’uliyati cheklangan jamiyatining “Oriat Dono” radiosi boshlovchisi

Marsenyak Valentina Viktorovna – “Ishonch-Doveriye” gazetasi mas’ul kotibi

Mirzaaxmedov Murabas – “Milliy” telekanalining “Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi” ko‘rsatuvi boshlovchisi

Samatov Faxriddin Umirkulovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” telekanali “Assalom, O‘zbekiston!” studiyasi mas’ul kotibi

Safarov Mamadamin Abdug‘apparovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi o‘rinbosari

Xaydarova Dilbarxon - Namangan viloyati “Murabbiy” gazetasi bosh muharriri

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni

Seydanova Lala Almuratovna - Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining “Qoraqalpog‘iston” telekanali ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar bosh muharriri

Xamidova Muxabbat Maxmudovna – “Gulxan” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari

“Sog‘lom turmush” medali bilan

Karimov Zaxid Baxrimuratovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Sport” teleradiokanali» davlat muassasasi direktori

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

Aliqulova Gulchexra Timurovna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi ijodiy muharririyat guruhi bosh muharriri

Mamadaminov Almurat Mamatkulovich - O‘zbekiston Milliy axborot agentligining fotoaxborot tahririyati fotomuxbiri

Raxmanberdiyev Javdat Karimberdiyevich - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati Media-markazi bosh mutaxassisi

Saidov Komiljon Saipdjanovich - Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi boshlig‘i

Xodjaaxmedov Sunnat Abdullayevich – “O‘zbekiston nashriyoti” davlat unitar korxonasi muharrirlar bo‘limi boshlig‘i

Xojiyev Farxod Jumabayevich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” telekanali guruh bosh muharriri

Sharasulov Shamaxmut Shakarimovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Madaniyat va ma’rifat” teleradiokanali” davlat muassasasi rejissyori

"Kelajak bunyodkori" medali bilan

Boxodirov Sarvarbek Sanjarbek o‘g‘li – “Mening yurtim” telekanalining “Markaziy studiya” dasturi boshlovchisi

Ubaydullayev Xikmatilla Shuxratilla o‘g‘li - Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari

“Shuhrat” medali bilan

Adilov Ulug‘bek Shaxarbayevich - Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i

Allayev Firuz Abdunasimovich - Toshkent shahridagi “Asaxiy books” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari

Asrorov Ulug‘bek Xolboyevich – “Yangi O‘zbekiston” gazetasi tahririyatining ijtimoiy-siyosiy hayot va huquq bo‘limi mudiri

Bobodo‘stov Fayzulla Murodovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi ijodiy muharririyat guruhi bosh muharriri

Buriyeva Xulkar Turakulovna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” telekanali suxandonlar guruhi suxandoni

Igamberdiyeva Farida Burikulovna – “Darakchi.uz” internet ommaviy axborot vositasi bosh muharriri

Islomov Nizomjon Ilhom o‘g‘li – “Aniq.uz” veb-sayti muharriri

Kurbanov Shuxratbek Ravshanbekovich – “Kurbanoff.net” blogi administratori

Musayeva Nargiza Abdullayevna - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Bo‘ka tumani axborot-kutubxona markazi direktori, Toshkent viloyati

Nugmanov Bekzod Alimovich - Toshkent shahridagi “Media News” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori o‘rinbosari

Pulatov Abrorjon Masutovich – “Avtoradio” radiostansiyasi ta’sischisi

Turdibayev Olimjon Aripdjanovich – “UzReport” mas’uliyati cheklangan jamiyatining “UzReport TV” telekanali bosh muharriri

Xudaykulova Zilola Raxmatovna - Buxoro viloyati “Istiqlol-TV” teleradikompaniyasi bosh muharriri

Shadrin Konstantin Mixaylovich - Toshkent shahridagi “Kolorpak” mas’uliyati cheklangan jamiyati dizayneri.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 116
Reyting: 3
t
×